Русский Common’ni ochish
2026-yil 10-noyabrda yangilandi

Kredit kalkulyatori: oyiga qancha toʻlaysiz

Summa, foiz va muddatni kiriting — kalkulyator darhol oylik toʻlov, ortiqcha toʻlov va toʻliq jadvalni koʻrsatadi. Annuitet va differensial toʻlovni soʻmda yoki dollarda solishtirish mumkin.

Kreditni hisoblash

Oylik toʻlov1 139 979 soʻm
Ortiqcha toʻlov+11 039 250 soʻm
Jami toʻlaysiz41 039 250 soʻm
Toʻlov jadvali
№ToʻlovAsosiy qarzFoizQoldiq
11 139 979599 229540 75029 400 771
21 139 979610 030529 94928 790 741
31 139 979621 026518 95328 169 715
41 139 979632 220507 75927 537 495
51 139 979643 616496 36326 893 879
61 139 979655 217484 76226 238 662
71 139 979667 027472 95225 571 635
81 139 979679 050460 92924 892 585
91 139 979691 290448 68924 201 295
101 139 979703 751436 22823 497 544
111 139 979716 436423 54322 781 108
121 139 979729 350410 62922 051 758
131 139 979742 496397 48321 309 262
141 139 979755 880384 09920 553 382
151 139 979769 504370 47519 783 878
161 139 979783 375356 60419 000 503
171 139 979797 495342 48418 203 008
181 139 979811 870328 10917 391 138
191 139 979826 504313 47516 564 634
201 139 979841 401298 57815 723 233
211 139 979856 568283 41114 866 665
221 139 979872 007267 97213 994 658
231 139 979887 725252 25413 106 933
241 139 979903 727236 25212 203 206
251 139 979920 016219 96311 283 190
261 139 979936 600203 37910 346 590
271 139 979953 482186 4979 393 108
281 139 979970 668169 3118 422 440
291 139 979988 165151 8147 434 275
301 139 9791 005 976134 0036 428 299
311 139 9791 024 109115 8705 404 190
321 139 9791 042 56897 4114 361 622
331 139 9791 061 36178 6183 300 261
341 139 9791 080 49259 4872 219 769
351 139 9791 099 96840 0111 119 801
361 139 9851 119 80120 1840
Kreditni Telegramda kuzatish →

Misolda hisob

30 000 000 soʻmni yillik 21,63% ga olaylik — bu Markaziy bank maʼlumotiga koʻra jismoniy shaxslarga soʻmdagi kreditlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz (2026-yil sentabr). Muddat qancha uzun boʻlsa, oylik toʻlov shuncha kam, ortiqcha toʻlov esa koʻp:

MuddatOylik toʻlovOrtiqchaJami
12 oy2 802 492+3 629 90233 629 902
24 oy1 550 869+7 220 84437 220 844
36 oy1 139 979+11 039 25041 039 250
60 oy822 269+19 336 09949 336 099

Annuitet yoki differensial

Shu misolda 36 oyga annuitet — har oy 1 139 979 soʻm, ortiqcha toʻlov 11 039 250 soʻm. Differensial toʻlov 1 374 083 soʻmdan boshlanib, 848 366 soʻmgacha kamayadi, ortiqcha toʻlov 10 003 879 soʻm — 1 035 371 soʻm kam, lekin dastlabki oylar ogʻirroq.

Hozir foizlar qanday

Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 2026-yil sentabrda jismoniy shaxslarga soʻmdagi kreditlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz — yillik 21,63%: 1 yilgacha — 27,43%, 1 yildan ortiq — 21,51%. Bu statistikaga mikroqarzlar, kredit kartalar va imtiyozli kreditlar kirmaydi — ularda foizlar boshqacha.

Dollardagi kreditlar boʻyicha shu oydagi oʻrtacha foiz — yillik 10,53% (barcha kreditlar boʻyicha; jismoniy shaxslar uchun alohida raqamni Markaziy bank eʼlon qilmaydi).

Markaziy bankning asosiy stavkasi — yillik 14%: boshqaruv uni 2026-yil 4-noyabrda oʻzgarishsiz qoldirdi. Banklarning omonat va kredit foizlari shunga qarab belgilanadi.

Banklarning jismoniy shaxslarga kredit va mikroqarzlari boʻyicha asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar — foiz, komissiya, neustoyka — yiliga qarz summasining 50% idan oshmasligi kerak (Markaziy bankning makroprudensial normativlar toʻgʻrisidagi 3618-son Nizomi, 24-band).

Ortiqcha toʻlamaslik uchun

Savol va javoblar

Kredit boʻyicha oylik toʻlov qanday hisoblanadi?

Annuitet kreditda toʻlov = summa × i / (1 − (1 + i)−n), bu yerda i — yillik foiz / 12, n — oylar soni. Yuqoridagi kalkulyator buni avtomatik hisoblaydi va toʻliq jadvalni koʻrsatadi.

Annuitet yoki differensial — qaysi biri foydali?

Differensial toʻlovda ortiqcha toʻlov kamroq: misolimizda 1 035 371 soʻm kam. Lekin dastlabki toʻlovlar yuqoriroq. Har oy bir xil yuk muhim boʻlsa, annuitet qulayroq.

Kredit boʻyicha qancha ortiqcha toʻlayman?

Ortiqcha toʻlov — butun muddat uchun foizlar. U summadan koʻra foiz va muddatga koʻproq bogʻliq: oʻsha kredit 5 yilga 2 yilgadan ancha qimmatga tushadi. Yuqoridagi jadvalga qarang.

Kreditni muddatidan oldin toʻlash mumkinmi?

Ha. «Isteʼmol krediti toʻgʻrisida»gi qonun (16-modda) kreditni muddatidan oldin qaytarish va foizni faqat haqiqiy muddat uchun toʻlash huquqini beradi, Markaziy bankning 3030-son Nizomi (35-band) banklardan jarimasiz muddatidan oldin soʻndirish huquqini talab qiladi, MMT mikroqarzlari uchun esa 765-son qonun neustoykani taqiqlaydi. Havolalar — quyidagi manbalarda.

Kreditni dollarda olish kerakmi yoki soʻmda?

Daromadingiz soʻmda boʻlsa, dollardagi kredit valyuta xavfiga ega: kurs oshsa, soʻmdagi toʻlov ham oshadi. Faqat foizni emas, daromadingiz qaysi valyutada ekanini ham hisobga oling.

Kreditlarni Telegramda kuzating

Common har bir kredit va nasiya boʻyicha qancha qolganini hisoblaydi, toʻlovlarni eslatadi va barcha qarzlarni qaysi oyda yopishingizni koʻrsatadi. Bepul.

Common’ni ochish

Yana oʻqing

Manbalar

Bu moliyaviy maslahat emas, hisob-kitob. Common kredit bermaydi, pul saqlamaydi, bank va kredit mahsulotlarini reklama qilmaydi.